Isroil Madrimov WBA kamari uchun jang qiladi
Sport
−
26 fevral
7931O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangini shu yil 8 mart kuni o‘tkazadi. Bu haqda “RCC Boxing promotions” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu gal Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun ringga ko‘tariladi. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida kechadigan boks oqshomida birinchi o‘rta vaznda Madrimovga rossiyalik Magomed Qurbonov raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, WBA chempionlik unvoniga amerikalik Jermell Charlo egalik qilayotgandi, biroq u boshqa vazn toifasiga o‘tdi. Qurbonov va Madrimov WBA reytingida dastlabki ikki pog‘onani egallab turibdi va ular bo‘sh qolgan kamarga da’vogarlik qiladi.
Ma’lumot uchun, 8 mart kuni o‘tkaziladigan boks oqshomining markaziy jangi superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua sobiq UFC chempioni kamerunlik Frensis Ngannu o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.