Isroil Madrimov Usik-Fyuri kardida jang qiladi
Sport
−
09 Oktabr
8349O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini 21 dekabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda jang tashkilotchisi “Riyadh Season” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli o‘zbekistonlik bokschi ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri jang qiladigan kardda ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Madrimovga ukrainalik Sergey Bogachuk raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Madrimov bilan tengdosh bo‘lgan Bogachuk shu vaqtga qadar 26 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 2 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Madrimov esa 11 marta jang qilib, 10 tasida g‘alaba qozongan. Oxirgi jangida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi amerikalik vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchilaridan biri Terens Kroufordga imkoniyatni boy berdi.