Isroil Madrimov raqibini 6-raunddayoq nokautga uchratdi
Sport
−
01 mart 2020
5071Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqqan Isroil Madrimov (5-0, 5 ko) beshinchi jangida ham g‘alaba qozondi.
29 fevral kuni AQSHning Texas shtati, Frisko shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Isroil Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 ko) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raundda yakunlandi.
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tushirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta qulatdi. Hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, bellashuvda g‘olib bo‘lgan Isroil Madrimov WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi.
LiveBarchasi