Isroil Madrimov nufuzli reytingda 1-o‘ringa ko‘tarildi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov dunyoga mashhur “BoxRec” boks statistika sayti reytingi peshqadamiga aylandi. Bu haqda “BoxRec” o‘z sahifasida ma’lum qildi.

“Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan 29 yoshli Madrimov o‘tgan oyda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun kechgan jangda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Magomed Qurbonovni texnik nokautga uchratdi va bu orqali o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi o‘z vaznida “BoxRec” reytingida yetakchi bo‘lib oldi.

Shuningdek, Qurbonov ustidan qozonilgan g‘alaba Madrimovga “The Ring” jurnali hamda ESPN nashri reytinglarida kuchli uchlikka kirish imkonini yaratdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Xorazm viloyati hokimi Isroil Madrimovga uy sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing