Isroil Livanga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 29 fevral kuni Isroil Livan janubiga zarba berdi. Oqibatda turarjoy binosida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Manar” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Livan janubidagi Kafra-Siddiqin yo‘li hududidagi uyga uyushtirilgan. Oqibatda ikki tinch aholi halok bo‘lgan hamda bir necha kishi yaralangan.

Livan Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Isroil hujumi sababli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, Isroil OAVsida  xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan 80 mingga yaqin shimoliy Isroil aholisi haqida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashqning janubi-g‘arbidagi Kafr Souza hududiga hujum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing