Isroil Livan janubidagi “Hizbulloh” pozitsiyalariga hujum qildi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari Livanning janubidagi “Hizbulloh” (terroristik tashkilot) pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

"Bir qancha vaqt oldin mudofaa kuchlari Livan janubidagi “Hizbulloh”ga noma’lum harbiy qurilmalar kirib kelishiga javoban hujum qildi. Ular o‘z vaqtida aniqlandi va mudofaa kuchlari tomonidan uchuvchisiz uchish apparati o‘qqa tutildi", deyiladi bayonotda. 

Isroil armiyasi avvalroq Hayfadan 15 km sharqda joylashgan Shfaram shahri yaqinida ham noma’lum ob’ekt tutilganini e’lon qilgan.

Bundan bir oz oldin mamlakatning uchinchi yirik shahri bo‘lgan Hayfa osmonida ham ikkita noma’lum uchuvchisiz uchoq urib tushirilgani ma’lum qilingan.

Mudofaa kuchlariga ko‘ra, ushbu jarayonda havo hujumi sirenalari protokolga muvofiq yoqilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni Isroil harbiy vertolyotlari Livan hududiga hujum qilishni boshlagandi. Kecha, 13 oktyabr kuni esa “Hizbulloh” (terroristik tashkilot) rahbarining o‘rinbosari Nayim Qosim Livan poytaxti Bayrutda “Hizbulloh” jangchilari HAMASga qo‘shilib, Isroilga qarshi jangga kirishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing