Isroil Livan va G‘azodagi HAMASning o‘nlab nishonlariga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Isroil samolyotlari Livandagi “Hizbulloh”ning ikkita bo‘linmasiga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi.

Isroil harbiylariga ko‘ra, “yacheyka”lardan biri Isroil bilan chegaradosh Mattat shahri yaqinida joylashgan. Ikkinchisi esa bahsli hudud – Shebada.

Bildirilishicha, zarbalar Isroil hududiga qarata uchirish rejalashtirilgan tankga qarshi raketa va qanotli raketalarga joylashtirilgan hududga berilgan.

Livan davlat axborot agentligi NNA Isroil havo hujumi Mattat shahridan 13 kilometr shimoli-sharqda Livan janubidagi Aytarun aholi punkti chekkasida amalga oshirilganini xabar qilgan.

Bundan tashqari, mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi HAMASning o‘nlab nishonlariga qarshi havo hujumlari to‘lqinini amalga oshirayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 7 oktyabrdan beri hudud aholisi orasida qurbonlar bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 4651 kishi, jumladan 1873 nafar bola, 1101 nafar ayol halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing