Isroil Xon Yunusga qarshi quruqlikdan hujumni qayta boshladi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida yangi quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil askarlari mintaqadagi 30 ta nishonga ham havo hujumi uyushtirgan. Quruqlikdan hujum qilish haqidagi qaror AQSH, Misr va Qatarning 15 avgust kuni Qohira yoki Dohada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash chaqirig‘idan keyin qabul qilingan.

Isroil harbiylari minglab majburan ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Xon Yunus sharqidagi hududlar aholisini evakuatsiya qilishni buyurdi.

“Minglab ko‘chirilgan ayollar, bolalar va qariyalar vayron bo‘lgan binolar xarobalari orasidan ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi va ular bilan faqat eng zarur narsalarni olib ketishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda halokatli gumanitar vaziyat aks etgan kadrlar keng tarqaldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahri uchun janglari bir necha oy davom etishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi. Joriy yilning 30 iyul kuni Isroil qo‘shinlari bir hafta davom etgan bosqinni tugatgandan so‘ng G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahri vayronalaridagi uylariga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xon Yunus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made