HAMAS Muhammad Deyfning o‘limini tasdiqladi
Olam
−
31 yanvar 7520 2 daqiqa
HAMAS rahbariyati harakatning harbiy qanoti “Izz ad-Din al-Qassam” brigadasi yetakchisi Muhammad Deyfning halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
HAMAS, shuningdek, Deyfning o‘rinbosari Marvan Isoning o‘limini tan oldi. O‘tgan yilning avgust oyi boshida Isroil Deyf o‘ldirilganini e’lon qilgandi. Isroil rasmiylariga ko‘ra, harbiy qanot yetakchisi 2024 yilning yozida G‘azo sektoridagi Xon Yunus hududiga Isroil Mudofaa vazirligi askarlarining hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
O‘tgan yilning noyabrida Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi HAMAS yetakchisi Muhammad Diab Ibrohim al-Masriyni (haqiqiy ismi Muhammad Deyf) harakatning Isroilga hujumi chog‘ida harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olishga order bergan edi. Gaaga shundan so‘ng Deyfning o‘limi haqida ma’lumot yig‘ayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Xalqaro jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olishga order berdi.
Isroil 2023 yilning oktyabr oyida mamlakatga hujum uyushtirganlik, shuningdek, 1996 yilgi avtobus portlashlarini rejalashtirish va boshqarish uchun Deyfni mas’ul deb biladi. Shuningdek, 1990 yillar o‘rtalarida isroillik uch askarning qo‘lga olinishi va o‘ldirilishida ham uning ishtirok etgani taxmin qilinadi.
Muhammad Deyf so‘nggi bir necha yil davomida Isroil armiyasining asosiy nishonlaridan biri bo‘lib kelgan. Isroil Mudofaa vazirligi uni yo‘q qilish uchun ko‘p urindi. Falastinliklar Deyfni “to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘lgan jangchi” deb atagan, chunki u kamida yetti marta suiqasddan omon qolgan.
1987 yilda HAMAS tashkil etilganida Deyf birinchilardan bo‘lib uning safiga qo‘shilgan edi. 1989 yilda u Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan va bir yildan ko‘proq vaqtni panjara ortida o‘tkazgan. 2000 yilda Isroil rasmiylari uni qo‘lga olib, yana qamoqqa tashlashga muvaffaq bo‘ldi, ammo Deyf “Ikkinchi Intifada” deb ataladigan paytda (2000 yil 28 sentyabr – 2005 yil 8 fevral) Isroil qamoqxonasidan qochishga muvaffaq bo‘ldi.
Deyf HAMASning quroli, harakat askarlari Isroil hududiga yashirincha kirib, nazorat-o‘tkazish punktlarini aylanib o‘tish uchun foydalangan G‘azo ostidagi tunnellarni yaratgan. Taxminlarga ko‘ra, aynan shu tunnellarda Deyf ko‘p vaqtini isroillik harbiylardan yashirinib, HAMAS amaliyotlarini boshqarish bilan o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 avgust kuni Isroil armiyasi HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyf o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. Deyfning o‘limi Eron poytaxti Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilganidan bir kun o‘tib ro‘y bergandi.
Live
Barchasi