Isroil xavfsizligi va uning dunyodagi o‘rni xavf ostida – Blinken (video)

Olam

image

Bugun, 22 mart kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqqa safari doirasida Tel-Avivga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi. Bu haqda Isroil hukumati rahbari idorasi xabar berdi.

“Ayni damlarda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Kiriya majmuasida (Isroil Mudofaa va armiya vazirligi shtab-kvartirasi) AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yopiq eshiklar ortida uchrashmoqda”, deyiladi xabarda.

Keyinroq ularning suhbati Isroil hukumati amaldorlari bilan kengaytirilgan uchrashuvda davom etgan. Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning harbiy Vazirlar Mahkamasi a’zolariga G‘azo sektori atrofidagi vaziyat tufayli Isroil xavfsizligi va uning dunyodagi o‘rni xavf ostida qolganini aytgan.

Yahudiy davlatiga tahdidlar haqida gapirar ekan, Amerika diplomatiyasi rahbari Isroil buni kech bo‘lmaguncha tushunmasligidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil hukumati birlashgan rejaga muhtoj, aks holda Falastinning HAMAS harakati tufayli G‘azoda qolib ketishadi.

Davlat kotibiga ko‘ra, voqealarning hozirgi rivojlanishi davom etsa HAMAS G‘azo ustidan nazoratni saqlab qoladi yoki anarxiya – boshboshdoqlik holati boshlanadi, bu esa terrorizmning kuchayishiga sharoit yaratadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Tel-Avivning Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya tomonidan tanqid qilingan G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Rafah shahrida harbiy operatsiya o‘tkazish rejalari ham muhokama qilingan. Uchrashuv yakunida Netanyaxu AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa ham, operatsiyani amalga oshirishdan bosh tortmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

 “Rafahga kirmasdan va u yerda qolgan batalonlarni yo‘q qilmasdan turib, HAMASni yengishning iloji yo‘q. Men buni AQSH ko‘magida amalga oshirishimizga umid qilaman. Ammo kerak bo‘lsa, buni o‘zimiz ham bajara olamiz”, degan Netanyaxu.

Isroil Bosh vaziri Tel-Avivga janglar ketayotgan hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish zarurligini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati hozir bu muammoni hal qilish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni ham Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi majmuasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yakkama-yakka muzokara o‘tkazgan edi, unda Netanyaxu G‘azoni falastinliklardan tozalamaslikka so‘z bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing