Isroil qat’iy karantin choralarini qayta joriy qildi
Olam
−
24 Sentabr 2020
5417Bugun, 24 sentyabr kuni Isroil Hukumati koronavirus chalinish holatlarining sezilarli darajada ko‘paygani uchun karantin choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.
Avvalroq, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Hukumat 25 sentyabrdan boshlab Isroilda karantin cheklovlarini kuchaytirishi va COVID-19 bilan kasallanish darajasi pasaygan taqdirdagina choralarni yumshatishni rejalashtirayotgani haqida aytgandi.
Isroil Hukumati bugun ertalab koronavirus bo‘yicha komissiyasining tavsiyalari taqdim etilganidan keyin, karantinni kuchaytirishni ma’qulladi.
Xabar qilinishicha, qat’iy choralar 25 sentyabrdan boshlanib, ikki hafta davomida amal qiladi.
Kecha kun davomida Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi, deyarli 7 mingta kasallik yuqtirish holatini qayd etdi. Isroilda pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanganlar soni 200 mingdan oshdi.
LiveBarchasi