Isroil qamoqxonasidan qochgan falastinliklarning to‘rt nafari ushlandi
Olam
−
11 Sentabr 2021
8464Isroil politsiyasi joriy yilning 6 sentyabr kuni mamlakat shimolidagi qamoqxonadan qochgan olti falastinlik mahbusning to‘rt nafarini qo‘lga oldi. Bu haqda politsiya matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, mahbuslarning ikki nafari Nazaret shahrida ushlangan bo‘lib, ularning Yoqub Qodiriy va Mahmud al-Arida ekani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qochoqlar qo‘lga olish paytida qarshilik ko‘rsatmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yana ikki falastinlik ozodlikda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 sentyabr kuni terrorchilik faoliyatida qatnashgani uchun uzoq muddatga hukm qilingan olti falastinlik mahbus Isroil shimolidagi “Gilboa” qamoqxonasidan qochib ketgandi. Qochganlar orasida Falastinning radikal harbiylashtirilgan “Al-Aqso shahidlari brigadasi” guruhi yetakchilaridan biri, hali qo‘lga olinmagan Zaxariya Zubeydiy, shuningdek, “Islomiy Jihod” ning besh nafar faollari bor edi.