Isroil Ispaniya Bosh vazirining so‘zlaridan g‘azablandi

Olam

image

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning G‘azo sektori haqidagi so‘zlari tufayli Isroil Madriddagi elchisini chaqirib oldi. Bu haqda "gazeta. ru" xabar berdi.

Avvalroq ispaniyalik siyosatchi Isroilning G‘azo sektorida harakatlari xalqaro qonunlarga to‘g‘ri kelishiga shubha bildirgan edi. Shuningdek, u Ispaniya Falastin davlati mustaqilligini tan olishi mumkinligini ham aytgandi.

Bosh vazir adolat nuqtayi nazaridan Yevropa Ittifoqi davlatlari ham shunday qilishi kerakligini ma’lum qilgan. 

Mazkur bayonotlardan so‘ng Isroil Madriddagi elchisini "maslahatlashuvlar uchun" chaqirib olgan. Ayrim nashrlarning yozishicha, Pedro Sanchesning so‘zlari Tel-Avivni g‘azablantirgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya Bosh vaziri oldinroq: 

"Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega, lekin bu minglab begunoh bolalarni o‘ldirish hisobiga emas", degan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqi istaklariga qarshi bo‘lsa ham Falastin davlatini tan olishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing