Isroil ishg‘olni anneksiyaga aylantirdi – Niderlandiya

Olam

image

19 - 26 fevral kunlari Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada Turkiya, shuningdek Arab Ligasi, Islom hamkorlik tashkiloti va Afrika Ittifoqi kabi 52 davlat vakillari Isroilning Falastin hududini bosib olishining huquqiy oqibatlari haqida ma’ruza qiladi. Bu haqda "Anadolu" agentligi ma’lum qildi.

Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligining yuridik maslahatchisi, Amsterdam universitetining xalqaro huquq professori Rene Lefeber Isroilning Falastin hududini bosib olishining huquqiy oqibatlari bo‘yicha Xalqaro sudda bo‘lib o‘tgan sud majlisida Isroilning hujumini anneksiya deb atadi. (Anneksiya - xalqaro huquqda bir davlat tomonidan boshqa hududning butun yoki bir qismini majburan qo‘shib olish-tah.)

Qayd etish joiz, xalqaro qonunchilikka ko‘ra, bosqinchi davlat o‘z aholisini egallangan yerlarga ko‘chira olmaydi.

“Bosib olingan yerlar ustidan suverenitet o‘rnatib bo‘lmaydi va o‘z hududiga qo‘shib bo‘lmaydi”, deydi Professor. Shuningdek, bosib olingan hududlar aholisini ko‘chirishga majburlash taqiqlanganini qo‘shimcha qildi.

Lefeber xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi "doimiy, barqaror, universal va o‘zgarmas" ekanligini va xalqaro shartnomalar bilan kafolatlanganligini ta’kidladi.

"Bosqinchi davlatlar ushbu huquqni amalga oshirishga xalaqit beradigan har qanday majburlash harakatlaridan tiyilishlari shart", degan u.

Huquq professorining ta’kidlashicha, davlatlar va xalqaro institutlar xalqaro huquqni buzuvchi harakatlarni qoralashi va tan olmasliklari, shuningdek, ularni buzgan davlatlarga yordam bermasliklari shart.

Ma’lumot uchun, BMTning asosiy sud organi bo‘lgan Xalqaro sudning vazifalariga, birinchidan, davlatlar o‘rtasida kelib chiqadigan huquqiy nizolarni xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish, ikkinchidan, unga havola qilingan huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat xulosalari berish kiradi. 

Maslahat xulosalari majburiy bo‘lmasa-da, ular Xalqaro sudning raqobat masalasi bo‘yicha fikrini aks ettirganligi va sud boshqa ishlar bo‘yicha qanday qaror qabul qilishi mumkinligini ko‘rsatishi uchun juda muhimdir. Yechimlar davlatlarga siyosiy bosim o‘tkazishda ham samarali bo‘lishi mumkin.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made