Isroil HAMASning 40 a’zosini o‘ldirdi
Olam
−
02 dekabr 3036 2 daqiqa
Isroil armiyasi o‘tgan hafta G‘azo janubidagi Rafah shahri yaqinida qurshovda qolgan HAMAS harakati a’zolaridan 40 nafarini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Al Arabiya” xabar berdi.
Nashrda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Sharqiy Rafahdagi qolgan tunnel yo‘llarini yo‘q qilish va ichkarida yashiringan askarlarni qurolsizlantirish bo‘yicha intensiv harakatlar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, tunnel ichida HAMAS harakatining 40 dan ortiq jangchisi o‘ldirilgan.
Bundan avval ham Isroil armiyasi Rafahda boshqa HAMAS vakillari ham o‘ldirilgani va qo‘lga olinganini bildirgan edi.
Harakatning o‘zi esa bu borada hozircha hech qanday izoh bermagan.
Isroil OAVlari xabariga ko‘ra, taxminan 200 nafar askar Rafahdagi yerosti tunnellarida hanuzgacha qurshovda qolgan. Tel-Aviv hozircha HAMAS va vositachilar talab qilayotganidek, ularga harakat nazoratidagi hududlarga xavfsiz o‘tish imkonini berish masalasiga javob qaytarmagan.
Rafah shahri “sariq zona”da joylashgan – bu G‘azo ichida Isroil armiyasi hanuz ushlab turgan hudud hisoblanadi.
Misr, Qatar va Turkiya vositachiligida, AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 10 oktyabr kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida kuchga kirgan.
Kelishuvning birinchi bosqichi isroillik va falastinlik garovdagilarni o‘zaro ozod qilishni nazarda tutadi. Reja, shuningdek, G‘azoni qayta tiklash va HAMAS ishtirokisiz yangi boshqaruv mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Kelishuv boshlangandan beri tomonlar bir-biriga turli ayblovlar yog‘dirib, o‘t ochishda davom etmoqda. Buning oqibatida esa haligacha minglab tinch aholi qoni to‘kilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilning shimoliy hududlarida keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi