“Ayaks” – “Groningen” o‘yini muxlislar sabab to‘xtatildi

Sport

image

Kecha, 30 noyabr kuni Niderlandiya chempionati doirasidagi “Ayaks” va “Groningen” o‘rtasidagi uchrashuv boshlanishidan atiga olti daqiqadan so‘ng “Ayaks”ning F-Side sektoridagi muxlislari maydonga pirotexnika otib, ikki bor tartibsizlik keltirib chiqargani sabab to‘xtatildi. Bu haqda NL Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, muxlislar salyutlarni yaqinda vafot etgan hamkasblarini xotirlash uchun yoqqan. Bosh hakam Bas Neyxuspo birinchi portlashlar ortidan o‘yinni darhol to‘xtatgan. Uzoq tanaffusdan keyin o‘yin qayta boshlanishi arafasida “Ayaks” muxlislari yana pirotexnika uloqtirgan. Shundan so‘ng Neyxuspo futbolchilar xavfsizligini ta’minlab bo‘lmasligini aytib, o‘yinni butunlay bekor qilishga qaror qilgan.

“Agar o‘z klubingizga zarar yetkazmoqchi bo‘lsangiz, bunday ishlarni davom ettiraverasiz. Bu sharmandalik”, deya izoh bergan bosh hakam.

“Ayaks” futbolchilari ham muxlislarning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan. Klub sardori Devi Klassen qo‘llarini muxlislarga qarata norozi ekanligini ko‘rsatgan.

Ikkinchi holatdan keyin stadion tezda bo‘shab qoldi, biroq “Groningen”ning mehmon muxlislari o‘z joylarida qolgan. Oradan ko‘p o‘tmay “Ayaks” klub o‘yin to‘xtatilganini rasman tasdiqladi.

Endi har ikki klub Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi (KNVB)ning o‘yin taqdiriga doir qarorini kutmoqda. Uchrashuvning qolgan qismi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika Niderlandiya “Ayaks”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing