Isroil G‘azoni vayron qilib, endi Livanni nishonga olmoqda – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroilni Livanga qarshi urushni kengaytirayotganlikda aybladi. Bu haqda u hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘z ochdi.

U Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni mintaqani falokatga olib borayotganligini aytgan. Turkiya Prezidentining nutqiga ko‘ra, Netanyaxuning Livanga harbiy hujum uyushtirish rejalari butun mintaqada keng ko‘lamli falokat keltirib chiqarishi mumkin.

“Isroil G‘azo sektorini vayron qilib, endi Livanni nishonga olmoqda. Netanyaxuning urushni butun mintaqaga yoyish rejalari katta falokatga olib keladi”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Erdo‘g‘an G‘azodagi urushni tugatish yo‘lidagi eng samarali qadam bu – Falastin davlatining tan olinishi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

“Falastinni ko‘proq davlat tan olishi uchun aloqalarimizni davom ettiramiz”, degan Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an bu borada Islom olami va Yaqin Sharq davlatlari “bu qonli rejalarga” birinchi bo‘lib javob qaytarishi kerakligini ta’kidlagan.

“Turkiya qardosh Livan xalqi va davlatini qo‘llab-quvvatlaydi. Men mintaqadagi boshqa mamlakatlarni Livan bilan birdamlikka chaqiraman. Biz G‘arb davlatlari Isroilga parda ortidan yordam berayotganini ko‘ryapmiz. Erkinlik, inson huquqlari va adolat haqida gapiradigan davlatlar Netanyaxudek ruhiy kasal odam tomonidan asirga olingani nihoyatda og‘ir va achinarlidir”, degan Turkiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netanyaxu Livan bilan chegarada “kuchli harakatlar”ga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Isroil Livan Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing