Isroil G‘azoni “ochiq turma”ga aylantirdi — Turkiya

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Yahudiy davlati G‘azoni “ochiq osmon ostidagi eng katta qamoqxona”ga aylantirganini aytib, Isroilni urush jinoyatlarida aybladi. Bu haqda u 20 may kuni BMT Bosh assambleyasining Falastinga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qilmishi uchun jazolanishi kerak, aks holda takroriy bunday holatlarning oldini olish imkonsiz bo‘lib qoladi.

“Isroilning tajovuzkor harakatlari harbiy jinoyat sirasiga kiradi. Biz jinoyat aybdorini topishimiz kerak”, deydi Chavusho‘g‘li.

Shuningdek, u Isroilni G‘azoni “ochiq osmon ostidagi eng yirik qamoqxona”ga aylantirishda aybladi. Chunki ikki million kishi 365 kvadrat kilometr maydonda yashashga majbur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Falastin Isroil

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing