Isroil G‘azoga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 9 mayga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektori blokadasidagi Falastin anklaviga zarba berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Isroil armiyasi uyushtirgan havo hujumi oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi. G‘azo Sog‘liqni saqlash boshqarmasi halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola va shuncha ayollar borligini aytdi. Boshqalar qatorida uch nafar bola va yetti nafar ayol kasalxonaga yotqizilgan.

Falastin Islomiy Jihod guruhining harbiylashtirilgan qanoti hisoblangan “Al-Quds” brigadasi vakillari Isroil hujumi qurbonlari orasida guruhning uch nafar a’zosi, ularning rafiqalari va bolalari ham borligini ma’lum qilgan.

Harakat matbuot kotibi Tarik Silmi “bosqinchi kuchlar”ga javob zarba berish bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni G‘azo sektoridan Isroil tomon 22 ta raketa uchirilgan, ulardan to‘rttasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olingan, 16 tasi esa aholi yashamaydigan hududlarga tushgandi. Raketa hujumlariga “Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali arbobi Xader Adnanning 86 kunlik ochlik e’lonidan so‘ng Isroil qamoqxonasida vafot etgani sabab bo‘lgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing