Isroil G‘azoga suv berishni tikladi
Olam
−
16 Oktabr 2023
8666Isroil G‘azo sektori janubiga yana suv yetkazib berishni boshladi. Bu haqda AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi. Isroilning yuqori martabali rasmiysi ham buni “The Times of Israel” nashriga tasdiqladi.
Isroil Energetika va infratuzilma vaziri Israel Katsning aytishicha, bu qaror Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida kelishib olingan.
Sallivan o‘z intervyusida, AQSH tomoni Tel-Avivga falastinliklarning suv, oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan ta’minlanishi so‘rovini yuborgani haqida gapirgan bo‘lsa, ikki Isroil rasmiysi bu qaror Amerika rasmiylarining kuchli bosimi ostida qabul qilinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azo sektori to‘liq blokadaga olinganini, suv yo‘li to‘silib, elektr energiyasi va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatilganini e’lon qilgan.
LiveBarchasi