Isroil G‘azoga kuniga 500 tagacha insonparvarlik karvonini kiritishga va’da berdi

Olam

image

Kecha, 11 aprel kuni Isroil G‘azoga kuniga 500 tagacha yordam mashinasini o‘tkazishga va’da berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Yoav Galant ma’lum qildi.

Vazir shu turdagi jami beshta tashabbusni e’lon qilgan.

“Biz G‘azoni yordam bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz va tez orada kuniga 500 yuk mashinasi yetib boradi. Shuningdek, biz xavfsizlik tekshiruvlarini va xalqaro ittifoqchilar bilan hamkorlikni kuchaytiramiz”, degan Yoav.

Vazirga ko‘ra, o‘tgan oyda G‘azoga o‘rtacha 213 ta yuk mashinasi jo‘natilgan bo‘lsa, bundan oldin bu ko‘rsatkich 170 tani tashkil etgan edi. O‘tgan seshanba kunining o‘zida esa anklavga 467 yuk mashinasi yetkazilgan, yana 303 konteyner gumanitar yordam samolyot orqali jo‘natilgan.

U boshqa qadamlar qatorida Ashdod porti orqali G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishining boshlanishi va shimolda yangi nazorat-o‘tkazish punktining ochilishini tilga olgan. Bundan tashqari, vazir Iordaniya orqali o‘tadigan ikki yo‘nalish bo‘yicha gumanitar yuk tashish hajmini oshirishga va qirollik Harbiy-havo kuchlari bilan bu sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, 4 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida uni G‘azo sektoridagi gumanitar xizmatchilar va tinch aholini himoya qilish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirgan edi. Prezidentning aytishicha, Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti AQSH tomonidan keyinchalik ham qo‘llab-quvvatlanishi ana shu choralarga bog‘liq bo‘ladi. Oradan bir kun o‘tib, 5 aprel kuni, Baydenning tahdididan so‘ng Isroil G‘azoga ko‘proq gumanitar yordam kirishiga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo Yoav Galant insonparvarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing