Isroil G‘azoga arab davlatlari harbiylarini kiritishni taklif qilmoqda
Olam
−
30 mart
11351Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant shu hafta Vashingtonga tashrifi chog‘ida G‘azoda tartib o‘rnatish uchun arab harbiylaridan foydalanish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda "Axios" Isroilning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, xabar berdi.
"Bunday harakat anklavda HAMASga aloqasi bo‘lmagan boshqaruv organini yaratadi va G‘azodagi gumanitar vaziyat haqida gap ketganda, Isroilning AQSH bilan o‘sib borayotgan muammosini hal qiladi", degan yuqori martabali Isroil rasmiysi.
Taklifga ko‘ra, arab kuchlari G‘azoda o‘tish davrida qolishi va AQSH tomonidan qurilayotgan portni qo‘riqlashi hamda aholiga jo‘natilayotgan gumanitar karvonlar xavfsizligi uchun javobgar bo‘lishi kerak.
Ma’lum qilinishicha, ushbu masala so‘nggi haftalarda uch arab davlati, jumladan, Misr vakillari bilan ham muhokama qilingan.
“Bayden ma’muriyatining ushbu tashabbus yuzasidan fikri hamda arab davlatlarining taklifga roziligini inobatga olsak, katta ehtimol bilan hududga arab davlatlarining qo‘shinlari kiritilishi mumkin”, deydi portalga Isroil rasmiysi.
LiveBarchasi