Isroil G‘azoga hujumni kengaytirishni rejalashtirmoqda – OAV

Olam

image

Shu hafta davomida Isroilning xavfsizlik masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi G‘azo sektoriga hujumlarni kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Isroilning 12-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qadam G‘azoda saqlanayotgan isroillik mahbuslar hayotini xavf ostiga qo‘ygan taqdirda ham qaror qabul qilinadi. “Haaretz” gazetasi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Vazirlar yig‘ilishida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar istiqbollari ham muhokama qilinadi. Bu borada hukumat ichida kelishmovchiliklar borligi xabar qilinmoqda.

Strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer, Moliya vaziri Betsalel Smotrich, Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Bosh vazirning harbiy maslahatchisi Roman Xoffman va Vazirlar Mahkamasi kotibi Yossi Fuchs “quruqlik operatsiyasi”ni kengaytirish tarafdori. Bosh shtab rahbari Eyal Zamir, Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar, “Shas” partiyasi rahbari Are Deri, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Saxi Xanegbi, Mossad direktori Devid Barnea, SAXAL qo‘mondoni Nitsan Alon va muzokaralar guruhidagi Shin Bet razvedka xodimlari o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Itamar Ben-Gvir Betsalel' Smotrich Ron Dermer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing