Isroil G‘azoga havodan hujum uyushtirdi
Olam
−
07 Sentabr 2021
7560Isroil mudofaa kuchlari Falastinning G‘azo sektoriga aviazarba berdi. Bunga HAMAS tashkiloti tomonidan uchirilgan va mamlakat janubida yong‘inlar keltirib chiqargan yonuvchi aralashma bilan to‘ldirilgan havo sharlari sabab bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.
“Isroilliklar yahudiylarning Yangi yilini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rishayotganda, HAMAS yonuvchi modda to‘ldirilgan havo sharlarini uchirdi. Bu esa Isroildagi yong‘inlarga sababchi bo‘ldi. Ushbu harakatga javoban biz HAMASning G‘azodagi raketa zavodi va harbiy majmuasiga zarba berdik”, deya yozgan Isroil harbiylari o‘z Twitter sahifasida.
Aniqlanishicha, zarba berish uchun nishonlardan biri Xon-Yunisdagi beton zavodi bo‘lgan. Harbiylarning aytishicha, zavodda ishlab chiqarilgan beton HAMAS yer osti tunnellari tarmog‘ini qurishda ishlatilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, Isroil nishoniga aylangan joylarda G‘azo sektoridagi turar-joylar, madaniy ob’ektlar, masjidlar va suv inshootlari joylashgan.
Nashrning yozishicha, Isroilda kecha, 6 sentyabr kuni Shaar-xa-Negev viloyat kengashida uchta yong‘in sodir bo‘lgan. Isroil OAVga ko‘ra, bunga G‘azo sektoridan yonuvchi modda to‘ldirilgan havo sharlarini uchirgani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi