Isroil G‘azodagi yagona katolik cherkoviga zarba berdi
Olam
−
18 iyul 3383 1 daqiqa
Isroil kuchlari kecha, 17 iyul kuni G‘azodagi yagona katolik cherkovi – Muqaddas oila cherkoviga zarba berdi. Bu haqda ANSA xabar berdi.
Hujumda marhum papa Fransiskning yaqin do‘sti va ishonchli odami hisoblangan argentinalik ruhoniy Gabriel Romanelli yaralandi. Quddus Lotin Patriarxiyasi (Isroil, Falastin, Iordaniya va Kiprni nazorat qiladi) Romanelli ota yengil yaralanganini, jarohatlanganlarning qolgan olti nafaridan ikkisining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.

Katoliklarning ruhiy yetakchisi va Rim papasi Leo XIV G‘azodagi Muqaddas oila cherkoviga (Lotin monastiri) Isroil havo hujumi uyushtirganidan chuqur afsusda ekanini bildirdi va tezda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Falastinning rasmiy xabar agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo shahri shimolidagi Muqaddas oila cherkoviga uyushtirgan hujumi oqibatida Isroil o‘qlaridan qutulish uchun cherkovdan boshpana topganlar orasidan 2 ayol halok bo‘lgan va 7 kishi yaralangan.
Live
Barchasi