Isroil G‘azodagi operatsiyaning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi
Olam
−
28 Oktabr 2023 7391 1 daqiqa
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi operatsiyaning bir bosqichini yakunlab, keyingi buyruqlargacha davom etadigan yangi bosqichga o‘tdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakat harbiy rahbariyati bilan vaziyatni baholash bo‘yicha yig‘ilish yakunlari haqida bergan bayonotida ma’lum qildi.
"Biz urushning bir bosqichini bosib o‘tdik. Bugun tunda G‘azoda yer larzaga keldi. Biz yerga va yer ostiga zarba berdik, barcha darajadagi, hamma joyda terrorchilarga hujum qildik. Armiya uchun ko‘rsatmalar aniq: harakatlar yangi buyruq berilgunga qadar davom etadi", degan vazir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 oktyabr kuni kechqurun Isroil blokada qilingan G‘azo sektorining shimolidagi 150 ta nishonga zarba bergandi. Shu kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori shimoliga kirib, quruqlikdagi amaliyotlarini boshladi.
Live
Barchasi