Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi
Olam
−
21 noyabr 2023
3212Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori shimolida qochqinlar yashaydigan maktabga hujum qildi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, anklav shimolida shiddatli janglar ketmoqda. Al-Falluja shahrida joylashgan maktabni Isroil samolyotlari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida u yerda bo‘lgan qochqinlar orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor.
Ta’kidlash joizki, bu Isroil tomonidan birinchi marta maktabga zarba berilishi emas. Oldinroq Isroil mudofaa kuchlari Jabaliyadagi maktabga zarba berishi oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Ushbu ta’lim muassasasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) tomonidan boshqarilardi. Ko‘plab tinch aholi bombardimondan qochib, uning hududida panoh topgandi. Maktabni taxminan 2000 kishi boshpana qilgandi.
LiveBarchasi