Isroil G‘azodagi maktab binosini bombaladi. Bolalar va ayollar halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning G‘azo shahri janubidagi Az-Zeytun hududidagi maktabga uyushtirgan hujumida kamida 22 falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastinning “Safa” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 13 nafar o‘smir va 6 nafar ayol bor. Kamida 30 ta odam yaralangan, 9 bola amputatsiya qilingan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida anklavning turli hududlarida Isroil kuchlarining havo hujumlari va bombardimonlari oqibatida 119 kishi halok bo‘lgan va 200 dan ortiq kishi jarohatlangan. O‘tgan yilning oktyabr oyida urush boshlanganidan hozirgi kunga qadar Isroil armiyasining sektordagi hujumi qurbonlari soni 41 391 kishiga yetgan, 95 760 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil qo‘shinlari yuzlab qochqinlar bo‘lgan maktabga zarba bergan edi. Uyushtirilgan hujumda 14 kishi, jumladan 6 nafar BMT xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Az-Zeytun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing