Isroil zarbasi oqibatida 6 nafar BMT xodimi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning G‘azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi sobiq maktabga uyushtirgan havo hujumi oqibatida shu hududda faoliyat yuritayotgan olti nafar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT rasmiy saytida xabar berildi.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, shu paytgacha bir hujum oqibatida bu qadar ko‘p BMT xodimi halok bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurbonlar orasida Qochqinlarni qabul qilish markazi rahbari ham bor.

Ma’lumot uchun, kecha, 11 sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari HAMAS harakatining askarlari borligini gumon qilib, G‘azodagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi sobiq maktabga hujum qilgan. Mahalliy shifokorlar va HAMAS nazoratidagi G‘azo fuqarolik mudofaasi boshqarmasi vakillari Al-Jauniy maktabiga uyushtirilgan hujumda 14 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning 11 oylik hujumi oqibatida hozirgacha kamida 41 118 kishi qurbon bo‘lgan va yana 95 029 kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil qurolli kuchlari G‘azoda gumanitar yordam olib borayotgan avtomashinani o‘qqa tutgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made