Isroil G‘azoda falastinliklarning yashashiga taqiq qo‘ymoqchi – WSJ 

Olam

image

Isroil Yaqin Sharqdagi joriy keskinlashuv tugaganidan keyin G‘azo sektorida chegara bo‘ylab “bufer zona” yaratmoqchi. Bu haqda Isroil va Amerika rasmiylariga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Isroil anklavni bosib olish niyatida emas, biroq rejaga ko‘ra, Falastin tomoniga tegishli bo‘lgan bu zona falastinliklarning o‘zi yashashi taqiqlanadigan "begona hudud"ga aylanadi.

Gazetaning yozishicha, Isroilning eng yaqin ittifoqchisi AQSHning bunga qanday munosabatda bo‘lishi hozircha aniq emas.

“Bunday reja garchi anklav hajmini kamaytirmasa-da, falastinliklarning o‘z hududiga kirishini cheklaydi. Ushbu holatda norozilik kuchayishi  mumkin”, deb yozadi WSJ.

Manbalarning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni vaziyat yanada avj olishining oldini olish va tinch aholi orasida qurbonlarni kamaytirish choralarini ko‘rishga ishontirishga urinmoqda, biroq bu ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishmovchilikni yuzaga keltiradi. Yaqinda Isroil "ko‘proq maqsadli zarbalar berish qobiliyatini namoyish etdi", bu go‘yoki Amerika ta’sirining "muvaffaqiyati" dan dalolat beradi. Biroq, Bayden ma’muriyati, hali ko‘proq garovga olinganlarni ozod qilish imkonini beradigan uzoq gumanitar pauza zarurligiga Isroilni ishontira olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OAVda AQSH, Misr va Qatar vositachiligida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilgani, Isroil qamoqlaridan qancha ayol va bolalar ozod qilinsa, HAMAS ham shuncha garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘lgani, bundan tashqari Isroil besh kunlik sulhga rozi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay bu xabarlar rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing