Isroil G‘azo janubini evakuatsiya zonasi deb e’lon qildi
Olam
−
21 dekabr 2023
3077Isroil armiyasi Xon-Yunus shahrining 20 foizini evakuatsiya zonasi sifatida belgiladi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
“20 dekabr kuni Isroil harbiylari zudlik bilan evakuatsiya qilish uchun Xon-Yunus shahrining markaziy va janubiy qismining 20 foizga yaqinini qamrab olgan yangi hududni belgiladi”, deyiladi bayonotda.
BMTga ko‘ra, urush boshlanishidan oldin bu hududda 111 mingdan ortiq odam yashagan.
Shuningdek, hududda 32 qochqinlar lageri joylashgan bo‘lib, ularda 141 mingga yaqin ko‘chirilgan falastinliklar yashaydi. Ularning aksariyati eksklav shimolidan evakuatsiya qilingan.
G‘azo sektorida Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasida janglar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 mingdan oshgan.
LiveBarchasi