Isroil G‘azo sektorini AQSHga topshirishi mumkin edi – Tramp
Olam
−
06 fevral 4908 2 daqiqa
Harbiy operatsiya yakunlangach, Isroil G‘azo sektorini AQSHga topshirishi mumkin edi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Harbiy harakatlar tugagach, Isroil G‘azo sektorini AQSHga topshirishi mumkin edi. Falastinliklar, Chak Shumer (Senatdagi demokratik ozchilik yetakchisi) kabi odamlar allaqachon bu mintaqada yangi va zamonaviy uylar bilan ta’minlangan, ancha xavfsiz va chiroyli aholi punktlariga ko‘chirilgan bo‘lardi. Ular, haqiqatan ham, baxtli, xavfsiz va erkin bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lardi,” deb yozdi AQSH Prezidenti.
Donald Tramga ko‘ra, AQSH dunyoning eng yetuk qurilish guruhlari bilan ishlagan holda, sekin va ehtiyotkorlik bilan yer yuzidagi eng buyuk va eng ta’sirchan loyihalardan birini qurishni boshlashi mumkin edi.
“Hech qanday AQSH askarlari kerak bo‘lmasdi. Mintaqada barqarorlik hukm surardi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, AQSH Kongressi Senatidagi demokrat ozchilik yetakchisi Chak Shumer va Demokratik partiyaning boshqa vakillari Falastin davlati barpo etilishi tarafdori sifatida faollik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSH G‘azo sektori nazoratini va mintaqadagi tiklash ishlarini o‘z zimmasiga olishini, shuningdek, uni butun dunyo uchun “Yaqin Sharq riveyrasiga” aylantirishini aytgandi. Shuningdek, u hozirgi G‘azo sektorini “vayrona maydon” deb atab, uning aholisiga boshqa davlatlarga, masalan, Iordaniya yoki Misrga doimiy ravishda ko‘chib ketishni taklif qilgan. Bu taklifni Misr, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Falastin ma’muriyati va Arab davlatlari ligasi vakillari rad etib, bunday harakat mintaqadagi barqarorlikka tahdid solishi, nizolarni kuchaytirishi va tinchlik imkoniyatlarini zaiflashtirishini ta’kidlagan. Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu taklifga javoban isroilliklarni Grenlandiyaga jo‘natishni taklif qilgan.
Live
Barchasi