Isroil G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirdi
Olam
−
01 iyul 2025 1910 1 daqiqa
Joriy yilning 1 iyul kuni Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektorida olib borilayotgan harbiy amaliyotlarni yangi hududlarga kengaytirdi. Bu haqda SAXAL maxsus bayonot e’lon qildi.
Armiyaning ma’lumotiga ko‘ra, 30 iyun kuni davomida Isroil Harbiy-havo kuchlari tomonidan 140 ta harbiy nishon yo‘q qilingan.
Yo‘q qilingan ob’ektlar orasida jangarilar, harbiy inshootlar, tankka qarshi raketa uchirish punktlari, qurol omborlari hamda boshqa terrorchilik infratuzilmalari mavjud bo‘lgan.
“O‘tgan kun davomida Isroil Harbiy-havo kuchlari quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun G‘azo sektoridagi 140 dan ortiq terror ob’ektlariga zarba berdi. Zarba berilgan nishonlar orasida terrorchilar, harbiy tuzilmalar, qo‘shinlarga xavf tug‘dirgan tankka qarshi raketa uchirish punktlari, qurol-yarog‘ omborlari va qo‘shimcha terrorchilik infratuzilmasi bor edi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMASni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi.