Isroil G‘azo qurshab olinganini ma’lum qildi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni qurshab olishni yakunladi. Bu haqda mamlakat mudofaa kuchlari vakili brigada generali Daniel Xagariy kechki brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar HAMASning postlari, shtab-kvartiralari, uchirish maydonchalari va uchirish infratuzilmalariga hujum qilib, yo‘q qilmoqda.

“Times of Israel” nashriga ko‘ra, Xagariy o‘t ochishni to‘xtatish atamasi hozirda umuman muhokama qilinmayotganini aytgan.

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar, xususan, Livan “Hizbulloh”i va Yaman husiylarining hujumlariga kelsak, Hagariy shu yo‘l bilan Isroil e’tiborini G‘azo sektoridan chalg‘itmoqchi, deb hisoblaydi.

"Biz HAMASga e’tibor qaratmoqdamiz", degan u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Livanning “Hizbulloh” guruhi ilk marta uchuvchisiz uchoqlari yordamida Isroil armiyasi pozitsiyalariga zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing