“Hizbulloh” Isroilga hujum qildi

Olam

image

Livanning “Hizbulloh” guruhi ilk marta uchuvchisiz uchoqlari yordamida Isroil armiyasi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Hizbulloh” guruhi chegara bo‘ylab Isroilning 19 ta pozitsiyasi – harbiy ob’ektlariga dronlar bilan hujum qilgan. Isroilning zo‘ravonliklari kundan kunga ortib borishi fonida guruh Livan janubiga havo hujumlari boshlanganini e’lon qilgan.

“Hizbulloh” o‘z bayonotida Livan-Isroil chegarasidagi bahsli Shebaa fermalari hududida Isroil armiyasi qo‘mondonlik punktiga hujum qilish uchun portlovchi moddalar o‘rnatilgan ikkita drondan foydalanganini aytgan.

Isroil armiyasi esa X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Isroilga bir qator raketa hujumlaridan so‘ng Livandagi “Hizbulloh”ning bir qator nishonlariga zarba berganini ma’lum qilgan.

"Hizbulloh" yetakchisi Sayyid Hasan Nasrulloh urush boshlanganidan beri birinchi bor juma kuni nutq so‘zlamoqchi.

BBC'ning ma’lum qilishicha, juma kungi bayonotgacha Isroilga G‘azodan chiqib ketishga muhlat berilgan.

Bunga javoban Isroil HAMASdan keyin "Hizbulloh" bilan shug‘ullanishga va’da bergan. 

Avvalroq, Isroil harbiylari Livan janubidagi chegaradosh hududlarning minglab aholisi “Hizbulloh ularga qarshi urush boshlashidan” qo‘rqib, u yerdan qochib ketayotgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing