Isroil falastinliklarning Ramazonni nishonlashiga ruxsat beradi, faqat...
Olam
−
19 fevral
13881HAMAS tomonidan garovga olinganlar Ramazon oyigacha qaytarilmasa, Isroil kuchlari Rafahdagi harbiy amaliyotlarini kengaytiradi. Bu haqda SNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, agar garovga olinganlar Ramazon oyigacha uyda bo‘lmasa, Rafah hududida janglar davom etadi.
Shuningdek, Isroil qo‘ygan shartlar bajarilsa, amerikalik va misrlik hamkorlar bilan tinch aholi qurbonlarini minimallashtirish hamda tinch aholini evakuatsiya qilishga yordam berishi qo‘shimcha qilingan.
“HAMASning tanlovi bor – ular taslim bo‘lishsa va garovga olinganlarni ozod qilsa, G‘azo fuqarolariga muqaddas Ramazon bayramini nishonlashlariga imkon beramiz”, deydi sobiq Isroil mudofaa vaziri Beni Gans.
Ma’lumot uchun, musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi 10 yoki 11 martda boshlanishi kutilmoqda. Isroil 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan keyin HAMASni yo‘q qilish uchun Rafahdagi operatsiyalarini kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Ammo u yerdagi 1,5 millionga yaqin falastinlikning boradigan joyi qolmaydi, degan xavotir kuchaymoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Prezidenti Isxak Gersog joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgan edi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi