Isroil falastinliklarga qarshi aparteid tizimini qo‘llamoqda – sobiq “Mossad” rahbari
Olam
−
07 Sentabr 2023
6863Isroil maxfiy xizmati “Mossad”ning sobiq rahbari mamlakat bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi aparteid tizimini joriy qilayotganini aytdi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.
Tamir Pardo Isroilning falastinliklarga bo‘lgan munosabati 1994 yilda tugatilgan Janubiy Afrikadagi irqiy bo‘linishga teng ekanligini da’vo qilgan sionistlarning so‘nggi sobiq yuqori martabali amaldoriga aylandi.
“Aparteid tizimi “yashashda” davom etyapti. Ikki kishi ikki xil huquqiy tizim asosida hukm qilinadigan davlatni yana qanday atash mumkin?”, degan Pardo chorshanba kuni “Associated Press” axborot agentligiga bergan intervyusida.
2011 yildan 2016 yilgacha Isroil josuslik agentligi rahbari bo‘lib ishlagan Pardo “Mossad”ni boshqarayotganda o‘zi ham xuddi shunday qarashda bo‘lganini inkor etmagan.
Uning aytishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Falastin masalasini mamlakatning eng katta “bosh og‘rig‘i” - Eronning yadroviy dasturidan ham yuqoriroq, deb hisoblashi katta xato.
“Isroil nima istayotganini hal qilishi kerak. Aks holda u yo‘q bo‘lishga mahkum”, degan sobiq amaldor.
Pardoning izohlariga javoban Netanyaxuning “Likud” partiyasi sobiq “Mossad” rahbari “uyalishi kerak”ligini bildirgan.
Akobir Sayidov