Senat qiynoqqa solish bo‘yicha BP, IIV va DXXga parlament so‘rovi yubormoqchi
Jamiyat
−
31 iyul 2020
8374O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati to‘g‘risida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovini yuborishi kutilmoqda. Ushbu masala joriy yilning 7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 6-yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bundan bir oy avval, 30 iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar xususida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgan edi.
Davlat rahbari ushbu yig‘ilishda joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB, may oyida Andijon shahar IIBdagi tergovlar natijasida ikki kishining vafot etishiga e’tibor qaratib, mas’ullarni qattiq tanqil qilgandi.
“Biz so‘nggi uch yarim yilda qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jiddiy va ortga qaytmaydigan islohotlarni amalga oshirdik. Lekin, Andijon shahar va Chiroqchi tuman ichki ishlar idoralarida yaqinda sodir bo‘lgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uyg‘otishi, aniq xulosalar qilishga chorlashi kerak.
Ushbu fojia oqibatida 2 nafar inson hayotdan erta ko‘z yumdi. Ularning oilalari bu huquq-tartibot idoralari rahbarlaridan emas, davlatdan norozi”, degan edi Mirziyoyev.
LiveBarchasi