Isroil Falastin ayollar terma jamoasi futbolchisini hibsga oldi
Sport
−
21:16 751 1 daqiqa
Isroil rasmiylari Falastin ayollar milliy terma jamoasi futbolchisi Rand Halavani hibsga oldi. Bu haqda Falastin rasmiylari ma’lum qildi.
Quddus ma’muriyatining bildirishicha, Halavani joriy yilning 2 iyun kuni G‘arbiy Quddusdagi Talpiot politsiya bo‘limiga so‘roq uchun chaqirilgan. Shundan so‘ng u hibsga olinib, sudga olib borilgan. Sud esa uning hibsda qoldirilishini ma’qullagan.
Futbolchining chaqirilishi va hibsga olinishi sabablari hozircha ochiqlanmagan. Falastin futbol assotsiatsiyasi, shuningdek, Birzeyt universiteti talabasi va ayollar terma jamoasining sobiq a’zosi Natali Abu Diya ham hibsga olinganini ma’lum qilgan.
Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u joriy yilning 2 iyun kuni uyida o‘tkazilgan reyddan so‘ng olib ketilgan. Tashkilot mazkur holatlar falastinlik sportchilarga nisbatan cheklovlar davom etayotgan bir paytda sodir bo‘lganini ta’kidlagan.
Xususan, futbolchi Musab Abu Salimning Italiyaga jamoasi bilan safar qilish uchun yo‘l olganida Allenbi chegara nazorat punktida to‘xtatilgani, so‘roq qilingani va mamlakatdan chiqishiga ruxsat berilmagani qayd etilgan.
Falastin ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa Italiyada Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi kerak bo‘lgan.
Shuningdek, Falastin mahbuslar klubi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Isroil qamoqxonalarida 89 nafar falastinlik ayol saqlanmoqda. Hibsdagi falastinliklar umumiy soni esa 9400 nafardan oshgan.

Live
Barchasi