Isroil Eronning yangi bosh shtab boshlig‘ini ham o‘ldirganini e’lon qildi

Olam

image

Isroilning SAXAL kuchlari Eronning yangi bosh shtab boshlig‘i Ali Shodmoniy o‘ldirilganini e’lon qildi. Bu haqda SAXALning tegishli bayonoti e’lon qilindi.

Bildirilishicha, general kecha, 16 iyun kuni kechqurun Tehronga berilgan zarbada halok bo‘lgan.

Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, Ali Shodmoniy Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning eng yaqin hamkorlaridan biridir. Eron bu ma’lumotni hali tasdiqlamadi.

Eron Bosh shtabining oldingi shtab boshlig‘i, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi general-mayori Muhammad Bag‘iriy 13 iyunga o‘tar kechasi Isroilning birinchi zarbalarida halok bo‘lgan edi. Bir vaqtning o‘zida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni Husayn Salamiy qo‘mondoni Husayn Salamiy va yadro olimlari ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing