Isroil Eronning “qulog‘idan cho‘zib qo‘yish”dan oldin nafas rostlashi kerak – AQSH
Olam
−
15 aprel
12243AQSH Tel-Avivni Eronning hujumlariga javob qaytarishdan oldin biroz tin olishga chaqirdi. Bu haqda "Politico" gazetasi amerikalik rasmiylarga tayanib, xabar berdi.
“Biz ularga javob berishdan oldin pauza qilishni maslahat beramiz”, deb yozadi nashr ismi sir tutilgan yuqori martabali amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil Eronga zarba berishga qaror qilsa, javob "proporsional" bo‘lishi va mamlakatda "charchoq" alomatlari sezilishi mumkin. Shu bois ham Amerika tomoni Isroilni keng ko‘lamli qurolli hujumdan ko‘ra, Eronga vazminlik bilan javob qaytarishni tavsiya etadi.
"Shundoq ham AQSH harbiylari yahudiy davlatini Eron uchirayotgan raketa va uchuvchisiz samolyotlardan himoya qilishga yordam berdi. Maqsad – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish hamda vaziyat keskinlashib, to‘g‘ridan to‘g‘ri urush chiqmasligiga qaratilgan", deydi nashrga yana bir AQSH rasmiysi.
Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi
1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.
Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.
Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.
Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq CNN telekanali isroillik rasmiyga tayanib, Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida ekani, hozirda javob ko‘lami aniqlanayotganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi