Isroil Eronga qarshi dunyodan yordam so‘ramoqda
Olam
−
14 iyun 20615 1 daqiqa
Isroil Mudofaa vazirligi dunyo mamlakatlaridan Eron hujumiga qarshi yordam so‘radi. Bu haqda vazirlikning X tarmog‘ida xabar berildi.
“Hozirda Isroil fuqarolari Eron rejimining hujumiga uchramoqda. Dunyo jim bo‘lolmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ko‘plab OAVlar Isroilning bu chiqishini qattiq qoralab, Falastin voqealarini esga olgan. Unga ko‘ra, Isroil Falastinda 100 minglab bolalarning o‘limiga sabab bo‘ldi, lekin bu “qotilligi”ni yashirishga harakat qildi.
Eronning “Haqiqiy va’da-3” operatsiyasi
Kecha, 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Eron haddidan oshib ketgani va tinch aholi bor hududga raketa zarbasi yo‘llaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qizil chiziqlarni bosib o‘tdi.