Isroil Eron generalini o‘ldirdi
Olam
−
20 yanvar
16871Eron inqilobi gvardiyasi korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlari razvedka xizmati qo‘mondoni, general Yusuf Omid Zoda Suriya poytaxti Damashqda Isroil harbiy-havo kuchlarining zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Tehronda tarqatilgan bayonotga tayanib, “Al Hadath” telekanali xabar berdi.
Raketa zarbalari Eron harbiy maslahatchilari istiqomat qiladigan Damashq g‘arbidagi Mezze kvartalidagi uylardan biriga berilgan. Oqibatda general Omid Zoda bilan birga yana to‘rt eronlik zobit halok bo‘lgan.
Hujumda uchta samolyot ishtirok etgan, maslahatchilar yashagan to‘rt qavatli uy butunlay vayron bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 25 dekabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining Damashq janubidagi Sayyida Zaynab hududida uyushtirgan hujumi oqibatida Eronning Suriyadagi harbiy maslahatchilari guruhiga rahbarlik qilgan general Rozi Musaviy halok bo‘lgandi. U 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida AQSH harbiy-havo kuchlarining raketa hujumi natijasida halok bo‘lgan general Qosim Sulaymoniyning safdoshlaridan biri hisoblangan.
LiveBarchasi