Isroil elchixonasi yonida o‘zini yoqib yuborgan askarni xotirlash uchun yuzlab odamlar Tayms maydonida yig‘ildi

Olam

image

Isroilga qarshi norozilik bildirish uchun o‘zini yoqib yuborgan amerikalik askar Aaron Bushnellni xotirlash maqsadida Nyu-Yorkdagi dunyoga mashhur Tayms maydonida yuzlab odamlar namoyish o‘tkazdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.

Yomg‘irga qaramay, fuqarolar bannerlar va Falastin bayroqlari bilan Tayms maydoniga borgan, Bushnell va G‘azoda halok bo‘lganlar uchun gullar qoldirgan va sham yoqqan.

Namoyishchilar G‘azo sektorida 2023 yilning 7 oktyabridan beri halok bo‘lgan insonlarning ismi sharifi yozilgan katta bannerni ham olib kelgan.

Mitingda Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga qarshi yaxudiy millatiga mansub kishilar ham qatnashgan.

Bundan tashqari, Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida ham o‘nlab odamlar Aaron Bushnellning xotirasi uchun yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni AQSH harbiy-havo kuchlarining faol harbiy xizmatchisi 25 yoshli Aaron Bushnell Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida G‘azo sektoridagi genotsidga qarshi norozilik bildirish maqsadida o‘zini yoqib yuborgandi. Voqea joyiga tez yordam xizmati yetib borgan. Ular jabrlanuvchini shifoxonaga olib ketgan, ammo u o‘sha yerda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York Isroil Tayms maydoni Aaron Bushnell

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing