Isroil bu safar to‘ydagilarni nishonga oldi. 6 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil askarlari G‘azo shahri sharqidagi Et-Tuffah mahallasidagi boshpanani to‘y paytida artilleriya o‘qlari bilan nishonga oldi va olti falastinlikni o‘ldirdi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash rasmiylarining aytishicha, olti nafar falastinlik halok bo‘lgan, jumladan, ularning bir nafari ayol kishi. Shuningdek, besh kishi yaralangan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda. Yaralanganlar G‘azo shahri markazidagi Baptist shifoxonasiga olib borilgan.

Isroil armiyasi hujumda tinch aholini nishonga olganini tan olgan. Armiya bayonotida 6 nafar falastinlik halok bo‘lgan hujum bo‘yicha tergov boshlagani qayd etilgan. Shuningdek, bayonotda tinch aholiga yetkazilgan zarar uchun afsus bildirilgan va hujumni amalga oshirgan bo‘linmalar “Sariq chiziq”ning g‘arbiy tomonidagi ba’zi tuzilmalarda bir nechta “gumondorlar”ni aniqlagani da’vo qilingan. Hujumda tinch aholi nishonga olingani tan olingan holda, Isroil armiyasi hodisaga aloqador bo‘lmagan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun afsusda ekanligini bildirgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp 2025 yil 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh rejasining birinchi bosqichini ma’qullaganidan keyin, 11 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida 395 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va 1088 kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning G‘azo shahri sharqida joylashgan mahallasidagi ko‘chirilgan aholi boshpana topgan maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida 5 nafar falastinlik halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'y Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing