Isroil Bosh vaziri ilk rasmiy tashrif bilan BAAga boradi
Olam
−
12 dekabr 2021
4276Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet bugun, 12 dekabr kuni BAAga birinchi rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketadi. Bu haqda hukumat rahbari idorasi xabar bergan.
“Bosh vazir ertaga Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd bilan uchrashishi kutilmoqda. Rahbarlar Isroil va BAA o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, ayniqsa, farovonlikka hissa qo‘shadigan iqtisodiy va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, bu Isroil Bosh vazirining BAAga birinchi rasmiy tashrifidir.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili bir qancha arab davlatlari o‘sha paytdagi AQSH Prezidenti Donald Tramp vositachiligida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishib olgan edi. 2020 yil 15 sentyabr kuni Oq uyda Isroil, BAA va Bahrayn o‘rtasida kelishuvlar imzolandi, elchixonalar ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, davlatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqalari o‘rnatildi, hukumat a’zolarining tashriflari boshlandi, turistik sayohatlar ishga tushirildi. Keyinchalik ularga Marokash va Sudan qo‘shildi.
LiveBarchasi