Isroil BMTning Falastin huquqlari haqidagi rezolyutsiyasini rad etadi
Olam
−
16 may
3505Isroil hukumati o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasining Falastinni BMTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya qiluvchi rezolyutsiyasini bir ovozdan rad etdi. Bu haqda kecha, 15 may kuni Isroil Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
“Biz 7 oktyabrdagi dahshatli qirg‘inni rag‘batlantirmaymiz, hududidan bizga hujum qilish mumkin bo‘lgan terrorchi davlatning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan Netanyaxu.
10 may kuni BMT Bosh Assambleyasi BMT huzurida kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan Falastin ma’muriyatiga Bosh Assambleya yig‘ilishlarida to‘liq ovoz berish huquqini bermagan holda sezilarli darajada kengroq huquqlar berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 193 davlat a’zo bo‘lgan Bosh Assambleya BMT Xavfsizlik Kengashini Falastinni xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zolik qilish masalasini jiddiy ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Rezolyutsiyani yoqlab 143 davlat ovoz berdi, to‘qqiz davlat qarshi chiqdi, yana 25 davlat betaraf qoldi. Netanyaxuning ta’kidlashicha, Bosh Assambleya rezolyutsiyasi Falastin hududlari maqomini hech qanday tarzda o‘zgartirmaydi va kelajakdagi muzokaralar va tinchlik kelishuvi uchun asos emas.
LiveBarchasi