Isroil BMT yig‘ilishida o‘zini oqlamoqchi

Olam

image

BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Isroil G‘azodagi Al-Ahli shifoxonasiga uyushtirilgan hujumga aloqasi yo‘qligini isbotlaydi. Bu haqda mamlakat TIV ma’lum qilmoqda.

“G‘azodagi shifoxonaga hujum qilishda Isroilning hech qanday aloqasi yo‘q. Bunga yetarlicha dalillar bor”, deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini Isroilning ushbu hujumini qoralovchi jumlalar bilan to‘ldirishga chorlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni G‘azo sektoridagi baptistlar shifoxonasiga aviazarba berildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni 1000 nafarga yaqinlashib qoldi.

Shundan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab bu xunrezlikni qoralab, turli munosabatlar bo‘ldi.

Ammo Isroil tomoni bu ishda qo‘li yo‘qligini ta’kidlab kelmoqda. Jumladan, mamlakat Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu buni terrorchilarning ishi deb atadi.

"Butun dunyo bilishi kerak: G‘azodagi kasalxonaga Isroil mudofaa kuchlari emas, vahshiy terrorchilar hujum qildi. Bizning bolalarimizni shafqatsizlarcha o‘ldirganlar o‘z farzandlarini ham o‘ldirmoqda", degan Isroil Bosh vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing