Isroil “Ash-Shifa” shifoxonasiga evakuatsiya uchun bir soat vaqt berdi
Olam
−
18 noyabr 2023
4181Isroil kuchlari “Ash-Shifa” shifoxonasidagi barchaga, jumladan, shifokorlar, bemorlar va ko‘chirilganlarga tibbiy majmuani evakuatsiya qilish uchun bir soat vaqt berdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Biroq, shifoxona xodimlarining aytishicha, tibbiyot majmuasidagi odamlarning barchasini bir soat ichida evakuatsiya qilishning iloji yo‘q. Chunki ularda bemorlar va erta tug‘ilgan chaqaloqlarni janubga olib borish uchun tez yordam mashinalari mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Al Hadath” telekanali isroillik harbiylar hech kimga tibbiyot muassasasi binosi va unga tutash binolarni tark etishiga ruxsat bermayotganini xabar qilgandi. Shifoxonani tark etishga uringan har bir kishi zudlik bilan hibsga olingan va Isroil harbiylari ularni so‘roq qilgan. Telekanal “Ash-Shifa”da qamalgan har bir kishi suv, oziq-ovqat va dori-darmonlardan mahrum bo‘lganligi sababli o‘lim xavfiga duch kelishi haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi