Isroil armiyasining quruqlikdagi operatsiyani boshlashiga ob-havo xalaqit berdi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi harbiy operatsiyasini noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha kunga ortga surishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlarining ismi oshkor etilmagan yuqori martabali vakillariga tayanib, NYT gazetasi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Isroil armiyasi bugun, 15 oktyabr kuni G‘azo sektori shimolida quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, biroq keyinchalik bu jarayon noma’lum muddatga kechiktirilgani ma’lum bo‘ldi. 

Aniqlik kiritilishicha, uning asosiy sabablaridan biri osmonni qalin qora bulutlar qoplagani bo‘lib, bu kabi noqulay ob-havo sharoiti uchuvchilar va UAV operatorlariga quruqlikdagi kuchlarni havodan himoya qilishni qiyinlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa kuchlari qo‘mondonligi G‘azo sektori shimolida quruqlikdagi operatsiya boshlanishi munosabati bilan aholiga janubga ko‘chishi uchun avval berilgan 24 soatdan tashqari, yana olti soat qo‘shimcha vaqt bergan edi. 

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azo sektori shimolidagi 1,1 million aholini evakuatsiya qilish uchun bor-yo‘g‘i bir kun berish qarori ko‘plab davlat va tashkilotlar tomonidan tanqid qilingan. Xususan, bu qaror nafaqat arab davlatlari va Turkiya, balki BMT va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel tomonidan ham qoralangan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Isroil G'azo quruqlikdagi operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing